TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Moskvada qon plazmasi quyilgandan so‘ng uch nafar koronavirus bilan kasallangan bemor tuzalib ketdi. Bu haqda shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova ma’lum qildi.
“Moskvada uch nafar bemorga yangi koronavirus infeksiyasiga antitela bo‘lgan qon quyilgandan so‘ng javob berildi”, - deya Rakova so‘zlaridan keltilgan RIA Novosti.
Uning ta’kidlashicha, donor plazasi quyilgan ikki fuqaro kasalxonadan 10 kundan keyin davolanib chiqqan. Uchinchi fuqaroga esa 14 kundan so‘ng javob berilgan.
“Ularning hammasi hozir yaxshi ahvolda. Umid qilamizmi, bunday sog‘ayib ketganlar soni oshadi, davolashning bu usuli bizga koronavirus pandemiyasini yengishga yordam beradi”, - deya qayd etdi Rakova.
Rossiyada koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan donorlarning qonidagi antitela plazmasi uchun to‘lov belgilangan. Har 150 millilitr plazmasi 1250 rubl, 600 millilitr uchun esa 5 ming rubl to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tez kunlarda mutlaqo yangicha usul — koronavirusdan sog‘aygan insonlarning qon zardobini xastaligi og‘ir kechayotgan bemorlarga quyish amaliyoti joriy etilishini ma’lum qilgan edi.
Koronavirus infeksiyasidan tuzalgan insonlardan zardob olishdan oldin, bir nechta infeksiyalarga tekshiriladi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.