Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Toshkent London bilan COVID-19ni tuzalganlar qoni bilan davolashdagi tadqiqoti bilan bo‘lishdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishProbirki s krovyu
Probirki s krovyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mutaxassislari yangi koronavirusga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Toshkent London bilan COVID-19ni tuzalganlar qoni bilan davolashdagi tadqiqoti bilan bo‘lishdi. Bu britaniyalik shifokorlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistonning London shahridagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tibbiyot xodimlari o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi. unda COVID-19 yangi koronavirusi infeksiyasining oldini olish va davolash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi.

“Reanimatsiya bo‘linmalarida og‘ir ahvolda yotgan bemorlarni davolashning yangicha uslubiga alohida e’tibor qaratildi. Britaniyalik mutaxassislarda o‘zbekistonlik hamkasblarining bemorlarni kasaldan tuzalgan kishilarning qon plazmasi orqali davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari va mamlakat shifoxonalarida ushbu uslubni keng joriy qilish borasidagi rejalari katta qiziqish uyg‘otdi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur muloqot foydali bo‘lgan va yangi koronavirus, uni davolash usullari to‘g‘risidagi bilimlarni boyitish imkonini berdgan.

Tomonlar kelgusida ham aloqada bo‘lish va doimiy asosda shu kabi tadbirlarni o‘tkazib turishga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tez kunlarda mutlaqo yangicha usul — koronavirusdan sog‘aygan insonlarning qon zardobini xastaligi og‘ir kechayotgan bemorlarga quyish amaliyoti joriy etilishini ma’lum qilgan edi.

Koronavirus infeksiyasidan tuzalgan insonlardan zardob olishdan oldin, bir nechta infeksiyalarga tekshiriladi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0