Afg‘oniston prezidenti va uning rafiqasi "korona"ga test topshirdi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyPrezident Afganistana Ashraf Gani
Prezident Afganistana Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va uning rafiqasi koronavirusga test topshirdi. Prezident rasmiy vakili Sodiq Sedikki tahlil natijasini ma’lum qildi.

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va uning rafiqasi koronavirusga test topshirdi.

Jeleznodorojniy uzel - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hukumati insonparvarlik yordam uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

Tahlil salbiy natija ko‘rsatdi. Bu haqda prezident rasmiy vakili Sodiq Sedikki ma’lum qildi.

Bundan avval Kabulda prezident saroyi 40 nafar xodimi koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar qilindi. O‘tgan haftadan beri G‘ani hukumat majlislarida videoaloqa orqali ishtirok etmoqda.

"Prezident va birinchi xonim ixtiyoriy ravishda COVID-19 test topshirishdi. Ikkala natija ham salbiy. Prezident sog‘lom va hukumat kuchi bilan barcha yo‘nalishlarni boshqarmoqda. Uning ish muhiti xavfsiz va sog‘lom bo‘lishini ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilgan." - deb yozdi Sedikki Twitterda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1092 ga yetdi, 36 kishi vafot qildi, 150 kishi sog‘aydi.

 

Yangiliklar lentasi
0