Afg‘oniston hukumati insonparvarlik yordam uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishJeleznodorojniy uzel
Jeleznodorojniy uzel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hayraton shahrida O‘zbekistonning 600 tonnaga yaqin gumanitar yuki Afg‘oniston tomoniga beg‘araz ravishda topshirildi.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 3 aprel kuni chegaradosh Hayraton shahrida O‘zbekiston Respublikasining 600 tonnaga yaqin gumanitar yuki Afg‘oniston tomoniga beg‘araz ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirli matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbirda Afg‘onistonning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat vaziri Najib Fahim, Balx viloyati gubernatori Ishoq Rahguzar, shuningdek, O‘zbekiston elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov va mamlakat FVV vakillari ishtirok etdi.

© Press-slujba MID UzbekistanaSeremoniya peredachi gumanitarnoy pomoshi Afganistanu
Afg‘oniston hukumati insonparvarlik yordam uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi - Sputnik O‘zbekiston
Seremoniya peredachi gumanitarnoy pomoshi Afganistanu

“Afg‘oniston tomoni Prezident Shavkat Mirziyoyevga va qardosh o‘zbek xalqiga koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq og‘ir vaziyatda insonparvarlik yordami ko‘rsatgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Tinchlik o‘rnatishda, shuningdek, Afg‘oniston iqtisodiyoti va infratuzilmasini tiklashda O‘zbekiston roli yuqori baholandi”, - deyilgan xabarda.

Balx viloyati ma’muriyatining rahbari Ishoq Rahguzar O‘zbekiston haqiqiy qardosh davlat ekanligini, Afg‘onistonning har bir fuqarosi uni qo‘llab-quvvatlayotganini his etayotgani va his etishini ta’kidladi.

© Press-slujba MID UzbekistanaSeremoniya peredachi gumanitarnoy pomoshi Afganistanu
Afg‘oniston hukumati insonparvarlik yordam uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi - Sputnik O‘zbekiston
Seremoniya peredachi gumanitarnoy pomoshi Afganistanu

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hukumati Afg‘oniston va Qirg‘izistonga insonparvarlik yordamini yuborgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0