TOShKENT, 20 apr — Sputnik. “Islom davlati”* terrorchilik tashkilotining rahbari Abu Ibrohim al-Qurayshi hozirda Iroq hududida bo‘lib turibdi. Bu haqda Iroqning al-Sumaria telekanali mamlakat xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Iroq va Amerika mutaxassislari uni identifikatsiya qilish bo‘yicha ish olib borishmoqda.
“Al-Qurayshi Iroqda ekani to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotlar bor. Faqat ID* rahbarining tor doirasi u qanday ko‘rinishga ekanligini biladi”, - deya xabardan iqtibos keltirgan RIA Novosti.
Eslatib o‘tamiz, IShID* yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilganini rasman tasdiqlangan edi. Abu Ibrohim al-Qurayshi IShIDning yangi rahbari bo‘lgani xabar qilingan edi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot