IShID o‘z jangarilarini Afg‘onistonga olib borishga harakat qilmoqda – Eron vitse-prezidenti

© AFP 2023 / AMER ALMOHIBANYBoyes IGIL
Boyes IGIL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Islom davlati” terrorchilik uyushmasi Suriya va Iroqda “falaj” holatda qolgan, o‘z jangarilarini Afg‘onistonga olib borishga harakat qilmoqda.

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi Suriya va Iroqda “falaj” holatda qolgan hamda o‘z jangarilarini Afg‘onistonga olib borishga harakat qilmoqda, dedi Eron vitse-prezidenti Eshoq Jahonngiri. RIA Novosti xabariga asosan.

Prosmotr zapreshennix agitatsionnix materialov - Sputnik O‘zbekiston
IShID o‘ziga yangi rahbar tayinladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID o‘z faoliyatini Afg‘onistonning janubiy qismida o‘z faoliyatini kengaytirmoqchi, bunga xalaqit qilish kerak.

O‘tgan haftada AQSh prezidenti Donald Tramp “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy yo‘q qilinganini ma’lum qilgandi.

Trampning so‘zlariga qaraganda, terrorchi AQShning Suriya shimoliy-sharqidagi operatsiyasi natijasida yo‘q qilingan. Amerikalik harbiylardan hech kim jabrlanmagan.

Shuningdek, Tramp maxsus amaliyotning tafsilotlarini ochiqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, “IShID” rahbari harbiylardan yer ostidagi tunnelda yashirinishga uringan va o‘zini portlatib yuborgan. Natijada ko‘plab terrorchilar yo‘q qilingan. Harbiylar 11 nafar bolani ozod qilishgani aytgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Moskvada ushbu terrorchi yo‘q ilingani haqidagi xabarlarni tasdiqlash uchun ishonchli dalillar yo‘qligini ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0