O‘zbekistonda bir kunda 31 kishi koronavirusdan tuzaldi

© Press-slujba MinzdravaMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tuzalgan bemorlarning aksariyati Rossiya va Turkiyadan charter reys bilan mamlakatga olib kelinib, karantinga joylashtirilgan fuqarolardir.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekistonda bir kunda 31 nafar bemor koronavirusni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

19 aprel kuni Buxoro viloyati ixtisoslashgan tibbiyot muassasasida 10 nafar koronavirusga mubtalo bo‘lgan bemor butkul sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning barchasi 25-mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelinib, karantinga olingandi.

Rabota roddoma - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda homilador ayolda COVID-19 aniqlandi

Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan ham 10 nafar bemorga javob berildi.

Ulardan 7 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, yuqtirib olishgandi. Shuningdek, ularning 2 nafari Rossiyadan poytaxtga kelgan va “Sokol” oromgohida karantinga olingan, yana 1 nafari esa Moskva – Toshkent yo‘nalishida charter reysi orqali kelgach, Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markaziga joylashtirilgandi.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan ilk bor koronavirus bilan kasallangan 11 bemor butkul sog‘aydi.

Sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelishgan bo‘lib, 7 nafari “Botanika” sanatoriysiga, qolgan 4 nafari esa O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan jami 225 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 1543 ta holat aniqlangan. 5 nafar bemor vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0