Toshkentda homilador ayolda COVID-19 aniqlandi

© Sputnik / Sergey Krasnouxov / Mediabankka o‘tishRabota roddoma
Rabota roddoma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika perinatal markazi (SamPI)da homilador ayollardan birida koronavirus aniqlandi. Shu bois muassasa yopildi.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Respublika perinatal markazi (SamPI)da homilador ayollardan birida koronavirus aniqlandi. Bu haqda AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qildi.

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlandi

“16 aprel kuni homilador ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U maxsus ajratilgan 3 tug‘ruqxonaga ko‘chirildi. RPM karantinga yopildi”, - dedi u.

Ta’kidlanishicha, hozircha xodim va boshqa homiladorlarda koronavirus aniqlanmagan. 

Oqilov perinatal markaz qachon ochilishi masalasi karantin qoidalariga mos holda hal etilishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi 17-sonli shifoxona va 8-sonli oilaviy poliklinika shifokor va bemorlari bilan karantinga yopilgani xabar qilingan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi 1495 kishida aniqlangan. Shulardan 214 nafari butunlay tuzalib ketgan. 5 kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0