TOShKENT, 19 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington kiritgan sanksiyalar va keskin choralarga qaramasdan Moskva bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi.
18 aprel kuni Oq uydagi brifing davomida Amerika yetakchisi u singari hech kim Rossiyaga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lmaganini aytdi.
“Sanksiyalarga qarang. Ularning Yevropaga gaz quvuri (“Shimoliy oqim-2” – tahr.) bilan nima qilganimga qarang. Lekin shu bilan birga Putin bilan munosabatlarim yaxshi. Men Rossiya, Saudiya Arabistoni, OPEK+ bilan kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘ldim. Bu Texas, Shimoliy Dakota, Oklaxoma va boshqa shtatlarimizni saqlab qoladi”, - deya Tramp so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.
12 aprel kuni OPEK+ mamlakatlari bozor barqarorligini saqlab qolish maqsadida neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risida kelishib olgan edi.