TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Keksa yosh, surunkali kasalliklar va erkak jinsiga mansublik koronavirusga chalinish va infeksiya qurboniga aylanish xatarini oshiradigan omil hisoblana, deb xabar qildi Angliya bosh vrachi Kris Uitti. Uning chiqishidan video YouTubeda joylashtirilgan.
Uittining ta’kidlashicha, ko‘pincha aynan keksa yoshdagi insonlar koronavirus qurboniga aylanarkan va shu uchun pandemiya vaqtida ularni himoya qilish muhim, deb yozadi "URA.ru".
Bundan tashqari, yurak-qon tomir kasalliklari kuzatiladigan odamlar ham xatar xavf soladigan turkumga kiradi.
Uitti koronavirusdan vafot etganlarning 90%ida kamida yana bitta kasallik kuzatilganini ta’kidlaydi.
"Erkak jinsiga mansublik biz uchun noma’lum bo‘lib qolayotgan xatarni keltirib chiqaruvchi omil bo‘lib qolmoqda", - deb qo‘shimcha qiladi shifokor.
Sal oldin Rossiya Kommunarka kasalxonasidagi bosh vrach Denis Protsenko ushbu muassasada koronavirus tufayli vafot etgan 20 nafar bemorning o‘rtacha yoshi 68,1 yoshni tashkil etganini aytgan edi.
Shu bilan birga ularning aksariyatida qandli diabet, surunkali yurak yetishmovchiligi va boshqa og‘irlashtiruvchi kasalliklar kuzatilgan.