TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Provanc universitetining fransuz olimlari guruhi koronavirus 92 daraja haroratda 15 daqiqa davomida qizdirilganda to‘liq nobud bo‘lishini aniqladilar. Mutaxassislarning xulosalari ilmiy materiallarni nashr etadigan bioRxiv resursida e’lon qilindi.
Tajriba davomida tadqiqotchilar koronavirusni bir soat davomida 60 darajagacha qizdirishdi, shunda bunday ta’sirdan keyin uning shtammlarining ba’zilari hali ham ko‘payishi mumkinligini aniqladilar. Bir soat davomida 60 darajaga qadar qizdirish virusni o‘lishi standart protokoli hisoblanadi, bu protokolni bemorlar tahlillari o‘rganiladigan ko‘pgina laboratoriyalarda ishlatiladi. Shu bilan birga, 15 daqiqa davomida 92 darajagacha qizdirilgandan keyingina, koronavirusni to‘liq o‘ldirish mumkin bo‘ldi.
Fransuz olimlari tajriba o‘tkazish uchun Germaniyalik bemordan olingan koronavirus shtammi yuqtirilgangan Afrika yashil maymuni buyrak hujayralaridan foydalanishdi. Zararlangan hujayralar ikkita sinov probirkasiga joylashtirildi: biri toza muhit bilan, ikkinchisi hayvonlardan olingan oqsillar bilan, haqiqiy, steril bo‘lmagan sharoitlarni taqlid qilgan holda.
Isitishning standart amaliyotidan so‘ng, toza muhitda virus shtammlari to‘liq o‘ldirildi, ammo ularning ba’zilari steril bo‘lmagan namunalarda qoldi. Tadqiqotchilar standart viruslarni zararsizlantirish standart protokoli virus yuki darajasi past bo‘lgan namunalarni o‘ldirish uchun yetarli bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi, ammo bu virus miqdori yuqori bo‘lgan namunalar uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Tajriba mualliflari, ularning tadqiqoti natijalari namunalar bilan bevosita ishlaydigan tibbiyot xodimlarining infeksiyalanishi xavfini oldini olish uchun virusni zararsizlantirish bo‘yicha eng mos protokolni tanlashga yordam berishi kerakligini ta’kidladilar.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 2 millionga yaqin infeksiya bilan zaralanish qayd etilgan, 131 mingdan ortiq odam vafot etgan.
O‘zbekistonda kasallanganlar soni 1380 kishini tashkil etadi. Sog‘ayganlar 129 kishi va vafot etganlar 4 kishi.