Putin regionlar rahbarlarini migrantlarni qurilishga qaytarishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishMigranti v Moskve
Migranti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz qurilish majmuasini albatta qo‘llab-quvvatlaymiz. Bundan tashqari, iqtisodni tiklash bosqichida aynan iqtisod o‘sish lokomotivi bo‘lishi va boshqa sektorlarni tortib ketishi lozim", - deb va’da qilgan Putin.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin videoselektor yig‘ilishi davomida regionlar rahbarlariga moslashuvchan yondashuvni qo‘llashni va qurilishlarni muzlatmaslikni tavsiya etdi, deyiladi Kreml saytida e’lon qilingan stenogrammada.

Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik deputat: koronavirusning asosiy xavf guruhiga migrantlar tushib qolgan

Rossiyalik pudratchilar o‘n minglab quruvchilarni o‘z-o‘zini izolyatsiyalash rejimiga yuborish haqidagi qarorni keskin tanqidga olgach, prezident, agar choralar ko‘riladigan taqdirda, "qurilishni to‘xtatmaslik, obyektlarni muzlatmaslik" mumkinligi haqida bayonot qildi.

Davlat rahbari, joylarda profilaktik choralarni qo‘llayotganda qurilish sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish lozimligi, chunki ba’zan ayniqsa muhim, hayot uchun birinchi galda zarur bo‘lgan obyektlarda uzluksiz ish tartibiga zarurat borligini ta’kidlab o‘tdi.

"Biz qurilish majmuasini albatta, qo‘llab-quvvatlaymiz. Bundan tashqari, iqtisodni tiklash bosqichida aynan iqtisod o‘sish lokomotivi bo‘lishi va boshqa sektorlarni tortib ketishi lozim", - deb va’da qilgan Putin.

Eslatib o‘tamiz, Moskva va Podmoskovye hukumati qurilish ishlarini 13-apreldan 19-aprelga qadar to‘xtatish qarorini qabul qilgan. Ushbu choralar koronavirus tarqalishining oldini olishga qarshi kurash doirasida qabul qilingan edi.

Ammo poytaxtda va Moskva viloyatidagi pudratchilar sal oldin RF bosh vaziri Mixail Mishustindan poytaxt hududida qurilishni to‘xtatish haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishni va qurilish ishlari to‘xtashi cho‘zilib ketmasligini iltimos qildilar.

Yangiliklar lentasi
0