TOShKENT, 18 apr — Sputnik. 2020-yil 18-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1450 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Shu vaqtgacha 156 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.
Jon Xopkins univeritetining so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalingan soni 2,2 million kishidan oshdi, 150 mingdan ziyod kishi vafot etdi.
Infeksiyani yuqtirib olish eng ko‘p holatlar AQShda (700,2 ming kishi), Ispaniya (188 ming), Italiya (172 ming) tashkil qilmoqda.