Nukusda ota 33 yashar o‘g‘liga bolta bilan tajovuz qildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishTopor, votknutiy v pen
Topor, votknutiy v pen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zaro janjal oqibatida o‘g‘il otani o‘ldirish bilan qo‘rqitgach, ota uxlab qolgan o‘g‘lining boshiga bolta bilan zarba bergan

TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida janjallashish oqibatida o‘ldirish bilan tahdid qilgan o‘g‘liga bolta bilan tajovuz qildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryolik erkak rashk tufayli o‘z xotinini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi

Hodisa 15-aprel kuni yuz bergan.

Nukusda yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan 33 yashar A.K. mast holda otasi bilan o‘zaro janjallashgan.

O‘g‘il otani haqorat qilib, o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Shundan so‘ng o‘g‘lining uxlab qolganligidan foydalanib, ota xo‘jalik boltasi bilan uning chap tomon bosh va yuz qismiga urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan erkakka nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0