TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Rossiyada “Saxovat” ko‘mak markazi tashkil etildi. "Pravda Vostoka" xabariga asosan.
“Markaz Rossiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklar va ularning oilalariga manzilli yordam tizimi yo‘lga qo‘yiladi”, - deyilgan xabarda.
Arizalar 16-apreldan boshlab http://саховат.рф/ va Facebook’dagi sahifa orqali qabul qilinadi.
Birinchi navbatda ayollarga, ko‘p bolali oilalarga, qariyalar va nogironlarga yordam ko‘rsatiladi.
Shuningdek, volontorlar tomonidan Moskva va Moskva viloyatida ehtiyojmandlarga oziq-ovqat va dori-darmonlar yetkazib berish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga 14-aprel kuni 158 fuqaroga diplomatik vakolatxona tomonidan yordami ko‘rsatilganligini ma’lum qilgan edi. Diplomatlarning o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olingan dori-darmon va shaxsiy gigiyena vositalari taqdim etildi.