"Pul yo‘q": patent to‘lovini vaqtincha bekor qilish bo‘yicha hukumatga murojaat yo‘llandi

© Administratsiya NamanganaVernuvshiyesya iz Latvii i Irana uzbekistansi otpravilis domoy posle karantina
Vernuvshiyesya iz Latvii i Irana uzbekistansi otpravilis domoy posle karantina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus infeksiyasi tarqalishi tufayli karantin choralar joriy etilgandan so‘ng Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlar juda qiyin vaziyatga tushdilar.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov karantin choralar davrida mehnat patent to‘lovlarini bekor qilish to‘g‘risida bosh vazir Mixail Mishustinga video murojaat tayyorladi.

Kojenov o‘z murojaatida, koronavirus infeksiyasi tarqalishi tufayli karantin choralar joriy etilgandan so‘ng Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlar juda qiyin vaziyatga tushganini bildirdi: ishsiz haftalar va o‘zini izolyatsiya qilish rejimi tufayli ko‘plab migrantlar ishsiz qoldi, chegaralar yopilgani sababli vatanlariga qayta olishmayapti. Migrantlarda pullar tugamoqda, agar  ish bo‘lmasa, patent to‘lovini to‘lay olishmaydi.

Kojenov barcha migrantlar nomidan bir yoki uch oyga "patent to‘lovini to‘lashdan ta’til"ni joriy etish tashabbusi bilan chiqdi.  

Xorijiy fuqarolar Rossiya hukumatidan murakkab vaqtda ularni qo‘llab-quvvatlashini so‘ramoqdalar.

Videorolikka ishsiz qolgan migrantlarning murojaatlarini qo‘shib, ilova qilingan. 

Chet ellik fuqarolar hisobida har yili davlat budjetiga 60 mlrd rubl mablag‘ kelib tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya IIV koronavirus tarqalishi tufayli xorijiy fuqarolar 2020-yil 1-martda mamlakatda vaqtinchalik bo‘lish muddatini hech qanday muammosiz cho‘zdirish imkoniyati taqdim etildi.

Buning uchun migrantlar o‘zlari bo‘lgan joyga eng yaqin Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘limiga tegishli ariza bilan murojaat qilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0