TOShKENT, 15 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1302 nafarni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, infeksiya oqibatida vafot etganlar soni 4 nafarni tashkil etmoqda. 107 nafar bemor sog‘aygan.
Kuni kecha, 15-aprel holatira ko‘ra, MDH davlatlari orasida o‘z-o‘zini izolyatsiyalash Indeksining eng yuqori ko‘rsatkichi (4.2 ball) Toshkent shahrida kuzatilayotgani haqida xabar berilgan edi.
JSST tavsiyalariga ko‘ra, o‘z-o‘zini izolyatsiyalash COVID-19ga qarshi kurashda eng samarali usul hisoblanadi.
Shu vaqtga qadar yangi turdagi koronavirusga chalingan insonlar soni butun dunyoda 1,914 milliondan oshib ketdi. Ularning 123 minggi vafot etgan.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgan edi.