TOShKENT, 15 apr – Sputnik, Yelizaveta Isakova. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID 19ga qarshi yangilangan strategiyani e’lon qildi, hujjat AQSh prezidenti Donald Trampning, Vashington BSSTni moliyalashtirishni to‘xtatishi haqidagi bayonotidan so‘ng ommaga e’lon qilindi.
"COVID-19 haqida so‘nggi oylar davomida bilgan asosiy narsa shu bo‘ldiki, barcha holatlar qancha tez aniqlansa, testdan o‘tkazilsa, izolyatsiyaga olinsa va zarur parvarishlar amalga oshirilsa, virusning tarqalishi shu qadar qiyinlashadi. Bu tamoyil insonlar hayotini qutqarmoqda va pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini yumshatishga xizmat qiladi. Vaqtni yo‘qotish kerakmas. BSSTning asosiy e’tibori barcha insonlarga xizmat qilish, hayotlarni qutqarish va COVID-19 pandemiyasini to‘xtatishga qaratilgan", - degan BSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Twitterdagi mikroblogida Trampning bayonotidan so‘ng tashkilotning yangilangan strategiyasini taqdim etar ekan.
E’lon qilingan hujjat 28ta sahifadan iborat. Unda davlatlarga BSST nuqtayi nazarida koronavirusni jilovlashda eng samarali, deb hisoblangan tavsiyalar o‘z aksini topgan. BSSTga ko‘ra, bunda kasallarni aniqlash, ularning kim bilan aloqada bo‘lganliklarini aniqlashtirish, shuningdek, virusni tadqiq etish bo‘yicha xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi roli juda muhim.