TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yana 61 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
“2020 yil 15-aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1275 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Biroz avval Andijonda 74 nafar tibbiyot xodimi COVID-19 yuqtirib olgani xabar qilingan edi.
O‘zbekistonda ushbu kasallikni yuqtirib olganlarning 99 nafari butunlay tuzalib ketgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb tan oldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 2 millionga yaqinlashmoqda. Ushbu infeksiyani 496 mingdan ziyod kishi yengishga muvaffaq bo‘lgan. 126 mingdan ziyod kishi koronavirus qurboniga aylangan.