Xorkina Oksana Chusovitinaning yangi rekord o‘rnatishiga ishonch bildirdi

© Sputnik / Evgeniya Novozhenina / Mediabankka o‘tishOlimpiyskaya chempionka po sportivnoy gimnastike Svetlana Xorkina
Olimpiyskaya chempionka po sportivnoy gimnastike Svetlana Xorkina  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Svetlana Xorkina Olimpiada ko‘chirilishi nima sababdan sportchilar uchun jiddiy sinov ekanligini so‘zlab berdi. Shuningdek, sakkizinchi o‘yinlarda ishtirok etib o‘z rekordini yangilashni rejalashtirgan Oksana Chusovitina kelasi yili buni albatta amalga oshirishiga ishonch bildirdi.

Badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi 24-26 aprel kunlari Bokudagi Milliy Gimnastika arenasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, qisman koronavirus tarqalishi xavfi sabab ijtimoiy izolyatsiya rejimi tufayli musobaqa bekor qilindi.

Gimnastka Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Tokio Olimpiadasidan so‘ng Chusovitina o‘z faoliyatini yakunlaydi

Ba’zi sportchilar uchun bu Olimpiada birinchisi, kimdir uchun esa oxirgisi bo‘lishi kerak edi. Yettita o‘yinlarda ishtirok etgan Oksana Chusovitina ham Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun tayyorlanayotgan edi. Xorkina o‘zbekistonlik rekordchi kelgusi yilda o‘yinlarda qatnashishiga umid bildirdi.

Rossiya sportchisining so‘zlariga ko‘ra, kimlargadur bu muddat foyda keltirishi mumkin - ular o‘zlarining chiqishlarini “charxlay oladilar”, ammo kimdir uchun vaqt teskaricha “o‘ynashi” mumkin.

“Agar “bo‘shagan” vaqt haqida gapiradigan bo‘lsak, bu sportchilar uchun juda alamlidir. Buni juda yaxshi tushunaman, hayotingizdagi eng muhim bosqich - Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotganingizda, hamma narsani xavf ostiga qo‘yib, bor kuchingizni ayamay tayyorgarlik ko‘rasiz. Bugungi kunda ko‘plab sportchilar bunday sport formasining ideal cho‘qqisiga yetib keldi, bu esa o‘yinlar davomida ko‘plab olimpiya mukofotlarini qo‘lga kiritishga imkon berardi. Ammo endi esa ushbu formaning cho‘qqisidan normal yaxshi formaga o‘tib, turli xil snaradlarda har xil mashqlarni murakkablashtirishga imkon beruvchi jihatlarga ishlov berish kerak bo‘ladi”, - dedi Xorkina.

Svetlana Xorkina: gotovas k Olimpiyskim igram, ti stavish na kon vse
Yangiliklar lentasi
0