Tokio Olimpiadasidan so‘ng Chusovitina o‘z faoliyatini yakunlaydi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina Tokio Olimpiadasidan so‘ng trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishini xabar qildi.

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. Oksana Chusovitina Tokio-2020 olimpiadasidan so‘ng professional faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda uning o‘zi Lotte City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Trenirovka Oksani Chusovitinoy - Sputnik O‘zbekiston
Afsonaga aylangan Chusovitina: mashg‘ulot o‘tkazish vaqtida olingan video

2019 yilning 24-iyul – 9-avgust kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda Oksana Chusovitina faoliyatida sakkizinchi marotaba  shunday nufuzli musobaqada ishtirok etadi. Qolaversa, u bu bilan u jahon rekordini yana bir marotaba yangilaydi.

2020 yilning 16-fevral kuni sportchi ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida sportchi Tokiodagi musobaqadan so‘ng o‘z professional faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

“Tokio-2020 olimpiadasidan keyin professional faoliyatimni yakunlayman, biroq bu mening sportni tark etishimni anglatmaydi. Men kelgusida o‘z maktabimni ochish va yillar davomida to‘plagan boy tajribamni yoshlarga o‘rgatish niyatidaman. Fursatdan foydalanib, o‘z maktabimni ochishga yaqindan yordam bergan Toshkent shahar hokimligiga ham minnatdorlik bildiraman, - deydi u.

Ma’lumot uchun, Tokio-2020 olimpiadasiga qadar Oksana Chusovitina 7ta nufuzli musobaqada ishtirok etishni rejalashtirgan. Ularning dastlabkisi fevral oyida AQShda o‘tkaziladi. So‘ng Jahon kubogi bosqichlari (10-16 mart, Boku, 16-22 mart Doxa)da ishtirok etadi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0