TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 59 kishining koronavirus infeksiyasiga topshirgan testi musbat chiqdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
“2020 yil 14-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1113 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Biroz avval Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida ilk bor koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 nafar bemor butkul sog‘aygani xabar qilingan edi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 99 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.