TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘ayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro bo‘lib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan.
Shu tariqada, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 68 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.