Xitoy koronavirusning yangi to‘lqinini bashorat qildi

© REUTERS / Aly SongPuteshestvennik v zashitnoy maske na vokzale Uxanya
Puteshestvennik v zashitnoy maske na vokzale Uxanya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy Shanxay “Xuanshan” shifoxonasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, COVID-19 davolash bo‘yicha ekspertlik guruhi rahbari Chjan Venxun koronavirusning yangi to‘lqinini bashorat qildi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik.  Insoniyat bu yoz mavsumida koronavirus pandemiyasidan to‘liq qutula olmaydi, shuning uchun noyabrda kasallikning yangi to‘lqini bo‘lishi mumkin, deya hisoblaydi Shanxay “Xuanshan” shifoxonasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, COVID-19 davolash bo‘yicha ekspertlik guruhi rahbari Chjan Venxun.

Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda yana ko‘rshapalaklarni iste’mol qilish boshlandi

“Janubiy Amerika, Afrika, Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarida kasallik avj olishni boshlandi, shuning uchun mavjud matematik modelga asosan, <...> qish kelganda,  guruh bo‘lib yig‘ilib, yana hamma uyda o‘tiradilar”, - deydi Chjan Venxun.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi epidemiya paytida, ayniqsa diagnostika sohasida to‘plangan tajriba tufayli keyingi to‘lqin unchalik jiddiy bo‘lmaydi.

“Biroq, tibbiy resurslar etishmaydigan mamlakatlar, masalan Afrika va Janubiy Amerikadagi davlatlari navbatdagi qishni o‘tkazish qiyin bo‘ladi”, - deb ta’kidladi mutaxassis.

JSST 11-mart kuni COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. 12-aprel holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 1,7 milliondan ziyod kishini tashkil etdi. 105 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0