Insoniyat qachon Marsni mustamlaka qilib oladi?

Obuna bo‘lish
Maksim Litvak fikriga ko‘ra, insoniyat Marsni mustamlaka qilib olishning dastlabki urinishlarini tez orada amalga oshiradi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Insoniyat Marsni mustamlaka qilishning dastlabki urinishlarini tez orada amalga oshiradi, ammo Qizil sayyorani odamlarga moslashtirish juda uzoq kelajakda, deydi Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti yadro planetologiya bo‘limi neytron va gamma- spektroskopiya laboratoriyasi rahbari Maksim Litvak RIA Novosti bilan suhbatda.

"Ehtimol, odamlar Marsni mustamlaka qilish bo‘yicha birinchi urinishlarini tez orada amalga oshirishadi. Ammo Marsni o‘zlariga moslashtirish juda uzoq kelajakda. Mavjud texnologiyalar yordamida bu umuman mumkin emas, shuning uchun endi biz bu borada faqatgina xayol surishimiz mumkin", - dedi u.

Uchenie NASA obnarujili na Marse strannuyu diru - Sputnik O‘zbekiston
Marsda g‘alati g‘or topildi

Biroq, olimning fikricha, insoniyat "qobig‘idan" chiqish vaqti keldi. "Oxir-oqibat, biz "beshigimiz"dan tashqarida qancha vaqt yashashimiz va rivojlanishimiz, insoniyat barcha sharoitlarga, shu jumladan hali noma’lum bo‘lgan sharoitlarga moslasha oladimi va biz qanday qilib mobil bo‘lishimiz mumkinligini tushunish muhimdir", - ta’kidlaydi u.

Litvakning so‘zlariga ko‘ra, Oyda boshqa sayyoralarda yashashga mashq qilish kerak. "Rossiyaning oy dasturi negizi aynan Oy sirtida doimiy ish olib boruvchi baza bo‘lishi mumkin. Oraliq bosqichlarda esa biz buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish uchun avtomatik stansiyalar va robotlar bilan ishni juda yaxshi tashkil qilishimiz kerak", - deya tushuntirdi Litvak.

Olim shuningdek, kislorod va vodorodni ishlab chiqarish texnologiyalari, oy tuprog‘idan olinadigan qurilish materiallarini ishlab chiqarish va ularni Oy yuzasida va avtomatik qo‘nish missiyalari bortida sinovdan o‘tkazish haqida munozaralar olib borilayotgani haqida gapirib berdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Oyning qutbli mintaqalari, suv va resurslarning ehtimoliy katta zaxiralari tufayli alohida qiziqish uyg‘otmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0