G20 O‘zbekiston uchun tashqi qarzni qaytarish muddatini kechiktirishi mumkin

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishVesennie vstrechi MVF i VB
Vesennie vstrechi MVF i VB - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan avval xalqaro moliyaviy tashkilotlar 76 ta davlat uchun tashqi qarzlarni muzlatish taklifi bilan chiqishgandi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. G20 “Katta yigirmatalik” davlatlari rivojlanayotgan davlatlar, shu jumladan O‘zbekiston uchun tashqi qarz bo‘yicha moratoriy joriy etishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Financial Times gazetasida maqola chiqdi.

Teleekran na kotorom vidni lideri stran G20 - Sputnik O‘zbekiston
Mushketorlar qonuni bo‘yicha: "Katta yigirmatalik" nega to‘plandi?

Bundan avval, XVJ va Jahon banki Xalqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasidan yordam olish huquqiga ega bo‘lgan 76 mamlakat uchun qarzlariga xizmat ko‘rsatishni muzlatish chag‘irig‘i bilan chiqdi.

Ro‘yxatda Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston qayd etilgan. Nashr bilan suhbatlashgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, bitim olti oydan to‘qqiz oyga mo‘ljallangan.

15, aprel chorshanba kuni G20 davlatlari moliya vazirlari uchrashuvida bu kelishuvga kelishi mumkin.

Ushbu davrda kreditor davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar har bir qarzdor davlat uchun keyingi harakatlar rejasini tuzishlari mumkin. Ba’zilar qarzlarning bir qismini hisobdan chiqarishi mumkin, boshqalarida pandemiya tufayli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ularni to‘lash uchun kechiktirish imkoniyati berilishi rejalashtirilgan.

Gazeta tahlilchilari hisobiga ko‘ra, rivojlanish uchun ikki tomonlama (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) yordam olgan davlatlar bu yil qariyb 40 milliard dollar qarz, shundan 18 milliard davlatlararo kreditlar to‘lashi kerak edi.

Ta’kidlanishicha, ko‘plab mamlakatlarning yirik sarmoyachisi bo‘lgan Xitoy bu sohada G20ning kelishilgan harakatlariga qarshi chiqishi mumkin. Biroq, Pekin tegishli majburiyatlarni olishga tayyor, dedi FT suhbatdoshi.

Yangiliklar lentasi
0