Jarima maydonida avtomobilga biror kor-hol bo‘lsa, zararni kim qoplaydi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVoditel slujbi dostavki pokazivayet dokumenti
Voditel slujbi dostavki pokazivayet dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari jarima maydonida avtomobilga biror kor-hol bo‘lsa, zararni kim qoplashini tushuntirdi.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. AOKA shtabida IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. U jarima maydonida avtomobilga biror kor-hol bo‘lsa, zararni kim qoplashini tushuntirdi.

Proverka dokumentov na statsionarnom postu (Drujba narodov) - Sputnik O‘zbekiston
Vazirlik: 9-aprelga qadar berilgan stikerlar o‘z kuchini yo‘qotmagan

Ta’kidlanishicha, jarima maydonchasiga transport vositasi qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida joylashtiriladi.

Erali Bozorovning so‘zlariga ko‘ra, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgandan keyin uning saqlanishi uchun xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs, ya’ni jarima maydonchaning egasi javob beradi.

“Ya’ni, jarima maydonchasidagi avtomobilga biror kor-hol bo‘lsa, zarar xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs (jarima maydoni egasi) tomonidan qoplanadi”, - dedi u.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 233 ta jarima maydoni faoliyat olib bormoqda. Ushbu jarima maydonchalarining barchasi yuridik shaxslarga tegishli. Transport vositalarini saqlash xizmatlari ko‘rsatish ushbu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0