Vazirlik: 9-aprelga qadar berilgan stikerlar o‘z kuchini yo‘qotmagan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovProverka dokumentov na statsionarnom postu (Drujba narodov)
Proverka dokumentov na statsionarnom postu (Drujba narodov) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
9 apreldan boshlab avtomobillar harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatilgan edi. Bu ayrim tushunmovchiliklarni yuzaga keltirdi.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Adliya vazirligi 9-aprelga qadar berilgan stikerlar bekor va o‘z kuchini yo‘qotmaganini eslatdi.

Kontrolno propusknoy punkt Roxat pri vyezde v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan avtotransport ro‘yxati e’lon qilindi

2020 yil 9-apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatilgan edi. Bu ilgari berilgan ruxsatnomalar o‘z kuchini saqlab qolishi yuzasidan ayrim tushunmovchiliklar yuzaga kelgan.

“Shunga ko‘ra, Maxsus komissiyaning yuqoridagi qaroriga asosan avtotransport vositalariga 2020-yil 9-aprel kuniga qadar taqdim etilgan maxsus ruxsatnomalar (stikerlar) asosida hozirda harakatlanish huquqi saqlab qolinganligini yana bir bor eslatib o‘tamiz”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik fuqarolardan maxsus ruxsatnomalardan maqsadli foydalanish orqali e’lon qilingan karantin tadbirlariga qat’iy rioya etishlarini so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0