Mordoviyada chet ellik talabalarda koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSotrudniki politsii proverayut dokumenti u passajirov
Sotrudniki politsii proverayut dokumenti u passajirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
N. P. Ogarov nomidagi Mordoviya davlat universitetida tahsil oluvchi MDH fuqarolarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Mordoviyada bir sutka ichida koronavirus bilan bog‘liq 23 ta yangi holat aniqlandi. Bu haqda mintaqa Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining VKdagi sahifasida ma’lum qildi.

Test na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirusni yuqtirganlar soni birdaniga 1175taga oshdi

“Ularning aksariyati N. P. Ogarov nomidagi MDU va yotoqxonasi talabalari va xodimlari”, - deyilgan xabarda.

RIA Novostining aniqlik kiritishicha, 15 nafar talaba koronavirus bilan kasallangan. Asosan, ular MDH fuqarolaridir.

Avvalroq ushbu oliygoh yotoqxonasida istiqomat qiluvchi va Moskvaga borib kelgan chet ellik talabada koronavirus aniqlangan edi. U Moskvadan qaytgan so‘ng o‘zini yakkalash hayot tarziga amal qilmagan. O‘zining safari haqida hech kimga xabar bermagan. Bir necha kun davomida yotoqxonadagi qo‘shnilari bilan muloqot qilgan.

Xorijda 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi COVID-19 yuqtirib olgan: ular qaysi davlatlarda

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada jami 15 770 ta koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. 1291 kishi butunlay sog‘ayib ketgan, 130 kishi esa vafot etgan. Eng ko‘p kasallanganlar Moskvada – 10 158 kishi.

Yangiliklar lentasi
0