TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Rossiyada bir sutkada koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 1175taga oshdi.
"Rossiyada bir sutka davomida 56ta regionda koronavirusga chalinganlik bo‘yicha 1175ta holat aniqlandi, besh nafar inson vafot etdi", - deb xabar beradi RIA Novosti operativ shtab ma’lumotiga tayangan holda.
Aniqlik kiritilishicha, kasallanganlar soni 15%ga oshgan.
Rossiya Federatsiyasida infeksiyani yuqtirgan bemorlar soni 8672taga yetgan, 580 nafari sog‘aygan, 63tasi vafot etgan.
Bugungi kunda COVID-19 keltirib chiqargan pandemiya 180ta davlatni qamrab oldi. BSST kasallanganlar soni 1,2 millionga yetgani va o‘lim holati 72 mingdan oshgani haqida xabar berdi.
Bugungi kunda koronavirusga chalinganlik holatlari eng ko‘p qayd etilgan davlatlar - bu AQSh, Ispaniya va Italiyadir.