Farg‘onalik koronavirus yuqtirib olgan yana bir bemor vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Smirnov / Mediabankka o‘tishReanimatsionnoe otdelenie
Reanimatsionnoe otdelenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘onalik bemor Umra safarida bo‘lib qaytgan. 25-mart kuni unda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 4 nafarga yetdi. 11-mart kuni farg‘onalik bemor vafot etdi, deb xabar qiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Sotrudnik laboratorii vipolnyayet analizi na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
"Nutq buzilishi": koronavirusning yangi belgilari ma’lum qilindi

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi, Umra safarida bo‘lib qaytgan 59 yoshli fuqaro N.da joriy yil 25-mart kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

Bemor (ayol) shu yili 31-mart kuni sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Bemorda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, gipertoniya 3-bosqich, arterial gipertenziya 3-daraja, xavf o‘ta yuqori bo‘lganligi sababli kasallik og‘ir kechib, u 12 kun davomida sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan.

Davolanish davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A.Xadjibayev rahbarligida Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh pulmonologi, professor I.Liverko, yetakchi reanimatologlar D.Sobirov va X.Sattorov ishtirokida bir necha bor videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan tashqari, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.

Ammo joriy yil 11-aprel kuni kechki payt bemorning ahvoli keskin yomonlasha boshlagan. Unga qator soha mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan shoshilinch reanimatsion muolajalar ko‘rsatilgan. Lekin standart asosida olib borilgan chora-tadbirlarga qaramasdan bemor N.da o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi natijasida biologik o‘lim qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0