TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Koronavirusga chalingan xitoyliklarning bir qismida harakat va nutq buzilishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan, deyiladi JAMA Neuology tomonidan e’lon qilingan tadqiqot natijalarida.
Uxan shahrida COVID-19 bilan bemorlangan 214 kishiga tegishli ma’lumotlarni tekshirgan mutaxassislar bemorlarning 36%ida va kasallik og‘ir kechgan 46 nafar bemorda nevrologik alomatlar kuzatilganini aniqladilar.
Ular orasida miyada qon aylanishi buzilishi, ong xiralashishi va mushaklarning zaiflashishi singari holatlar mavjud.
Shuningdek, bemorlar koronavirus uchun tabiiy hisoblangan: harorat oshishi, yo‘tal va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilganlar.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni bir yarim milliondan oshib ketdi, bemorlarning 93 ming nafari vafot etgan.