Koronavirusga chalinganlar qanday o‘ladi — qirg‘izistonlik shifokor bilan intervyu

© REUTERS / Aly Song Meditsinskie rabotniki v mejdunarodnom aeroportu Uxan-Tanxe, Kitay
 Meditsinskie rabotniki v mejdunarodnom aeroportu Uxan-Tanxe, Kitay  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nookat kasalxonasining birorta shifokori koronavirusga chalinganlarni davolashdan bosh tortgani yo‘q, deb hikoya qiladi Asamidin Maripov. Ular shunchaki sog‘lig‘i jihatdan nimjon bo‘lgan tibbiyot xodimlarini virusga chalinganlardan uzoqlatishga majbur bo‘lgan

Nookat hududiy kasalxonasi rahbari Asamidin Maripovga qo‘ng‘iroq qilib tushishning deyarli imkoni yo‘q: shu kunlarda u juda band. Faqat kechki to‘qqizga yaqin u Sputnik Qirg‘iziston muxbiri bilan suhbatlashishga vaqt topdi.

Mestnaya jitelnitsa v Uxane, Kitay, proxodit na fone steni s graffiti - Sputnik O‘zbekiston
AQShda Xitoyni koronavirus uchun "jazolash" taklif etildi

— Kasalxonaga birinchi bemorlarni olib kelishgan vaqtni eslaysizmi? Ular bilan uchrashuvga tayyorgarlik qanday kechgan?

— Dastlab hech kimda qo‘rquv hissi bo‘lmagan. Axir biz hech qachon bu singari bemorlarga duch kelmaganmiz, bunday kasallik qay darajada og‘ir kechishini bilmas edik. Bu grippning yangi bir turi, deb o‘ylardik. Keyin infeksiya haqida ko‘proq ma’lumot olishni boshladik, va bu holat bizni koronavirusga jiddiyroq qarashga majbur qildi.

Umuman, shunday tashxisga ega bemorlar kela boshlagach, shifokorlarda qo‘rquv yo‘qoldi. Hozirda ularning aksariyati o‘zini yaxshi his qilmoqda.

— Butun dunyo bo‘yicha shifokorlar koronavirusga chalinib, vafot etmoqda. Sizning kasalxonangizda kimdir bemorlarni davolashdan voz kechdimi?

Devushka obnimayet podushku - Sputnik O‘zbekiston
Yangi fleshmob: ayollar yalang‘och holda yostiq bilan suratga tushmoqda

— Yo‘q, axir biz Gippokrat qasamodini qabul qilganmiz. Lekin sog‘lig‘ida jiddiy muammolar bo‘lgan shifokorlarni biz o‘zimiz bemorlarni davolashga yaqinlashtirmadik.

— Bu chindan ham oddiy grippga o‘xshaydimi?

— Yo‘q, koronavirus — aniq gripp emas. Virusni yuqtirganlarning 90 foizida umuman hech qanday alomatlar yo‘q. Ya’ni, ular organizmida virus bor va test o‘tkazilgan taqdirda bu tasdiqlanadi, faqat bemorlarning o‘zlari faqat tashuvchi hisoblanadi va infeksiyadan aziyat chekmaydilar.

Qolgan 10 foiz bemorlarda kasallik o‘ta og‘ir kechishi mumkin — bunda hammasi insonning yoshi, sog‘lig‘i va ovqatlanishi sifatiga bog‘liq. Bunday holatlarda bemorning birdan issig‘i chiqadi, temperatura 40 darajaga yetishi mumkin. Keyin quruq va azob beruvchi yo‘tal boshlanadi.

Ikkinchi sutkada nafas olish og‘irlashadi, bemor sog‘lig‘i og‘irlashishi mumkin, shunda uni zudlik bilan jonlantirish bo‘limiga olib, apparatlarga ulash talab etiladi. Bunday bemorlarda, siz bilasizki, o‘pkasi juda lat yeydi va ular reanimatsiyada doimiy parvarishga va kislorod terapiyasiga ehtiyoj sezadi.

Soveshanie glav slujb gosudarstv-chlenov ShOS, otvechayushix za obespechenie sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus oddiy gripp kabi mavsumiy kasallikka aylanadi – ekspert

— Hozir Qirg‘izistonda koronavirus tufayli sodir bo‘lgan o‘limlar soni beshta, deb qayd etilgan. Ulardan biri sizning kasalxonangizda davolangan. Shu bemor haqida gapirib bering.

— Bu juda keksa kishi bo‘lib, qandli diabetdan aziyat chekardi, Kasallik tarixida miokard infarkti kasalligi va B turdagi gepatit bor edi. Bemoraning immuniteti o‘ta past bo‘lib, shu bois, tibbiyot xodimlarining urinishlari besamar ketdi.

— Men italiyalik va rossiyalik shifokorlar intervyusini o‘qiganman, ular koronavirusga chalingan odamlar o‘limi og‘ir kechishi haqida gapirganlar. Bu rostmi?

— Ha, bu rost. Insonda kuchli intoksikatsiya yuz beradi, agar u hushida bo‘lsa, juda azob chekadi. Bunday bemorlarda sekin-asta barcha organlari ishdan chiqishni boshlaydi. Bemor yonida tajribali reanimatolog bo‘lishi va texnik jihatdan yaxshi ta’minlanganlik muhim ahamiyatga ega.

Brigada skoroy meditsinskoy pomoshi dostavila patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu v Kommunarke - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli o‘lgan onaxonning dafn marosimida qarindoshlari ishtirok eta olmadi

— Yoshlar nisbatan kasallikni yengil kechirishlari rostmi?

— Bizda yosh va o‘rta yoshli to‘rt nafar bemor bor edi, ularda kasallik og‘ir turdagi gripp singari kechgan. Baxtimizga, biz ularni davolay oldik, ammo yoshi 80dan oshgan bemorlarni davolash oson emas.

Bizda hatto koronavirusni yuqtirgan go‘dak ham bor, ammo virus uning sog‘lig‘iga mutlaqo xavf solayotgani yo‘q. Bolakay u bilan og‘rimayapti, u shunchaki tashuvchi.

— Ularni qanday davolayapsiz, axir koronavirusga qarshi preparat yo‘q-ku?

— Bu kasallikni davolaydigan dori haqiqatan yo‘q. Agar virusni yuqtirgan insonda hech qanday alomatlar kuzatilmasa, biz uning sog‘lig‘ini shunchaki kuzatib boramiz, so‘ngra unga javob beramiz.

Agar issig‘i ko‘tarilib, yo‘tal paydo bo‘lsa, nafas olishi og‘irlashsa, bemor ahvolini yengillashtiradigan tadbirlarni amalga oshirishni boshlaymiz. Misol uchun, ayrim holatlarda biz OIV aniqlangan bemorlarga ishlatiladigan preparatlarni qo‘llaymiz. Lekin bu dorilar jigar va buyrakka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

 Meditsinskie rabotniki v mejdunarodnom aeroportu Uxan-Tanxe, Kitay  - Sputnik O‘zbekiston
Oxiri yo‘q: sog‘ayganlarda koronavirus qayta paydo bo‘lmoqda

Ayrim kasallar kislorod terapiyasiga muhtoj. Biz bunday uskuna bilan to‘liq ta’minlay olamiz, kasalxonamizda shu maqsadlar uchun mo‘ljallangan 50ta preparat bor.

—Siz bemorlarni shaxsan kuzatib borasiz, kasallik xavf soladigan yoshdasiz. Qo‘rqmaysizmi?

— Yo‘q, qo‘rquv yo‘q. Ishga kirishishdan oldin maxsus o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazgan edik, shifokorlar koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun o‘zlarini qanday tutishlari kerakligi borasida. Hamma narsaga egamiz - maxsus kostumlar, niqoblar, etik, ko‘zoynak. Kasalxonamizning birorta xodimi kasallikka chalingani yo‘q.

— Rossiyalik tibbiyot xodimlari bergan intervyularda himoya kostumlarini kiyish juda ko‘p vaqt olishi haqida o‘qigandim.

— Ha, dastlabki vaqtda, zamonaviy kostum va niqoblar yetishmaganida, sovet davridan qolgan eski himoya kostumlaridan foydalanishimizga to‘g‘ri kelgan. Ularda bog‘ichlar soni juda ko‘p. Qolaversa, bunday kostumlarda ishlash juda og‘ir edi, tana terlardi. Zamonaviy kostumlar esa 2-3 daqiqada kiyiladi.

— Hozirda koronavirus bemorlarini deyarli butun dunyo kuzatmoqda, ularga xuddi biologik quroldek munosabatda bo‘lishmoqda. Bu davrni ular qanday yashab o‘tayapti?

— Bunday bemorlar rejimi haqiqatan juda qat’iy: ular palatani shunchaki tark eta olmaydi, ularning hojatxonasi, dushi ham alohida, begonalarga ular yotgan joyga kirish man etiladi.

Shu bois, ayrimlarida depressiya kuzatilayotgani ham bejizdan emas. Biz ularga tez orada bularning barchasi poyoniga yetishini, ular o‘z uylariga to‘laqonli inson sifatida qaytishlarini tushuntiramiz.

Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev kasallik alomatlarini sezgan fuqarolarga shifokorga murojaat etishni maslahat berdi

— Sizlarga yordam berish uchun biz nima qilmog‘imiz kerak?

— Bu eng asosiy savol! Kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan osonroq. Koronavirusga chalingan bitta bemorning davolanishiga o‘n emas, yuz minglab som sarflanadi! Profilaktika ancha arzonga tushadi.

Uyda qoling, qo‘lingizni tez-tez yuving, gigiyena normalariga amal qiling. Shu orqali siz o‘zingini nafaqat koronavirus, balki boshqa kasalliklardan ham himoyalagan bo‘lasiz.

Koronavirus pandemiyasi haqidagi eng so‘nggi va dolzarb xabarlarni ushbu havola orqali o‘qing >>>

Yangiliklar lentasi
0