Hodisalar

Onaizor koronavirusdan vafot etgan oʻgʻlining soʻnggi soʻzlari bilan boʻlishdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka oʻtishVrachi skoroy meditsinskoy pomoщi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu
Vrachi skoroy meditsinskoy pomoщi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ayolning oʻgʻli ikki hafta davomida oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish rejimiga amal qilgan. Toʻrtinchi aprel kuni bemorning ahvoli ogʻirlashgan.

TOSHKENT, 9 apr – Sputnik. Londonda yashovchi Anna Nyak Daily Mail tabloidiga koronavirusdan vafot etgan oʻgʻli haqida gapirib berdi.

Novыy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus bosh miyani jarohatlashi mumkin – Rossiya olimlari

Emeka Nyak avtobus haydovchisi boʻlib ishlagan va epidemiyaga qaramay, oʻz vazifasini bajarishga majbur boʻlgan. Onasining soʻzlariga koʻra, u barcha xavfsizlik choralariga amal qilgan va imkoni boricha uyda qolishga harakat qilgan.

Oʻttiz olti yoshli haydovchining rahbarlari uni himoya vositalari bilan taʼminlashmagan, avtobus ham dezinfektsiya qilinmagan. Natijada, Nyak virusga chalingan.

U ikki hafta davomida oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish rejimiga amal qilgan. Toʻrtinchi aprel kuni erkakning ahvoli ogʻirlashgan.

"U qoʻrqib qolgandi va zoʻrgʻa nafas olardi. Ahvoli juda ogʻir edi. U tinmasdan mendan qachon tez tibbiy yordam kelishi haqida soʻrardi. Uning oxirgi soʻzlari: "Oyijon, men chiqa olmayman", - boʻldi, deb hikoya qildi Anna Nyak.

Jiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yantszы - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
AQSH va Britaniya Xitoydan virus uchun "tovon" talab qilishga shaylanmoqda

Ayolning oʻgʻli shifokorlar brigadasi kelgach, bir oz muddatdan soʻng vafot etgan.

Nyakdan tashqari London jamoat transporti tizimining yana toʻqqiz nafar xodimi koronavirusdan vafot etgan.

Vafot etganlarning qarindoshlari yuz bergan hodisada Britaniya poytaxti meri Sodiq Xonni ayblashdi. Ularning fikricha, hukumat ishchilarni infektsiyaga qarshi maxsus vositalar bilan taʼminlamagan.

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti oxirgi maʼlumotlariga koʻra, butun dunyoda virusdan kasallanganlar soni 1,35 milliondan oshdi. Britaniyada bemorlanganlar soni 55 mingga yetgan, 6 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0