Xlorkadan uyni dezinfeksiyalashda foydalanib bo‘lmaydi - toksikolog

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDezinfeksiya podyezda jilogo doma
Dezinfeksiya podyezda jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xlorka bilan ishlayotganda himoya qo‘lqopi, niqob va ko‘zoynakdan foydalanish tavsiya etiladi. Bu kimoviy vositadan uy yoki xonadonlarni emas, balki sanoat binolarini dezifeksiyalashda foydalanish lozim.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Xlorka uyni dezifeksiyalash uchun to‘g‘ri kelmaydi, dedi Sputnik radiosi efirida oliy toifali terapevt-shifokor, toksikolog Aleksey Vodovozov.

Rabota Novouralskogo zavoda Medsintez - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni 2 sutka ichida yo‘q qiluvchi preparat topildi 

"Haqiqatan, tarkibida xlor bo‘lgan moddalar viruslarni yo‘q qilishi mumkin, gap faqat COVID-19 haqida emas, balki boshqa viruslar haqida ham bormoqda. Masala shundaki, uy sharoitida biz antibakterial va antivirus faollikka ega bo‘lgan konsentratsiyani yarata olmaymiz. Aynan shu sababli, uy sharoitida boshqa vositalardan foydalanish tavsiya etiladi, aks holda nafas olib bo‘lmaydigan holat yuzaga kelishi mumkin", - dedi Vodovozov.

Xlorka — samarali dezinfektor, lekin o‘ta zaharli ham. Bu quruq, eritilgan va bug‘ shaklidagi moddalarga birdek tegishli. Xlorka ohagi va uning eritmalari bilan himoya niqobida, qo‘lqoplarda va ko‘zoynak taqqan holda ishlash lozim.

Xonadonlarda esa tarkibida spirt bo‘lgan moddalardan foydalanish lozim. Yoki boshqa variantlarni ko‘rsa ham bo‘ladi. Deylik, tarkibida faol kislorod bo‘lgan moddalarni. Xlorkali dezinfeksiya ishlarini klinika, kasalxona, do‘konlar va boshqa sanoat binolarida o‘tkazish mumkin, deydi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0