Karantinda nima bilan shug‘ullanish mumkin?

Obuna bo‘lish
Kutilmaganda paydo bo‘lgan bir talay bo‘sh vaqtingizni samarali o‘tkazish uchun Sputnik tahririyati bir necha g‘oyalar taklif qilmoqda.

Koronavirus epidemiyasi tufayli e’lon qilingan karantin va o‘z o‘zini izolyatsiya qilish rejimi ko‘pchillikni kun uzun uyda o‘tirishga majbur qilmoqda. Odatiy hayotda bo‘sh vaqt topish qiyin bo‘lgan kishilar uchun ushbu davr kutilmagan sovg‘a bo‘lishi mumkin. 

Birinchi navbatda albatta, siz bilan bir uyda istiqomat qilayotgan oila a’zolaringiz va yaqinlaringizga e’tibor bering. Axir ertalabdan-kechgacha ishlaydigan ota-onalar o‘z bolalari bilan yaxshilab gaplashib olishga ham vaqt topa olishmaydi. Mana sizga ajoyib imkoniyat. Farzandingizning o‘qishlari va muvaffaqiyatlari bilan qiziqing. Birgalikda biror oilaviy film tomosha qiling, yoki mazali taom pishiring.

Bo‘sh vaqtni qanday qilib samarali o‘tkazish haqida Sputnik infografikasida batafsil tomosha qiling.  

Yangiliklar lentasi
0