TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Xitoy hukumati 2,5 oy davomida tashqi dunyo bilan aloqasi uzilgan, koronavirus infeksiyasining tarqalishi boshlangan Uxan shahridan chiqish yo‘lini ochdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
8 aprelga o‘tar kechasi Uxan shahridan chiqadigan yo‘llar ochildi. Hukumat bir kun oldin 8-aprel kuni shahardan karantinni olib tashlash va sog‘lom fuqarolarga uni tark etishni ruxsat berish rejalari haqida e’lon qildi.
Shuningdek, 8-apreldan boshlab shahardan olib chiquvchi temir yo‘l aloqasi ham ochiladi - 28-martdan boshlab kirish uchun ochilgan, aviaqatnovlar ham qisman tiklanadi.
Yangi COVID-19 koronavirusining tarqalishi birinchi bor 2019-yil 31-dekabrda Xitoyning Xubey provinsiyasi, Uxan shahrida boshlandi. 23-yanvardan boshlab 76 kun davomida shahar tashqi dunyodan butunlay uzildi: transport qatnovlari, shu jumladan metro, avtobuslar, paromlar to‘xtatildi, avtobuslar va suv transporti shaharga kiritilmay qo‘ydi, aeroport va temir yo‘l vokzallari ishlamay qo‘ydi, aholiga uni maxsus ruxsatsiz tark etish taqiqlandi.