Xorijda 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi COVID-19 yuqtirib olgan: ular qaysi davlatlarda

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishMigranti v Moskve
Migranti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususan, Pokistonda 5, Rossiyada 1, Amerikada 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan.

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov chet el davlatlarida 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi COVID-19 yuqtirib olganini ma’lum qildi.

Lechenie patsiyentov v sentralnoy bolnitse goroda Uxan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarosi chet elda koronavirusga chalinsa kim davolaydi?

“Ba’zi davlatlarda koronavirus tarqalishi keng ko‘lamli tus olgan. Afsuski, xorijdagi fuqarolarimiz orasida ham ushbu kasallikka chalinish holatlari yuz bermoqda. Bizda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Avstriya (1), Armaniston (1), AQSh (10), BAA (1), Koreya Respublikasi (1), Pokiston (5), Rossiya (1), Tailand (1),  Qozog‘istonda (2) bo‘lib turgan 23 nafar fuqarolarimizda ushbu kasallik aniqlangan, ulardan 3 nafari vafot etgan”, - dedi u AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda.

Uning ma’lum qilishicha, diplomatik vakolatxonalar ushbu fuqarolar va ularning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.

Xadjimetov xorijdagi barcha mamlakat fuqarolaridan koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha mahalliy hokimiyat talablariga to‘liq rioya etish, jamoaviy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0