OIIB pandemiya tufayli O‘zbekistonga favqulodda qo‘shimcha mablag‘ ajratadi

Obuna bo‘lish
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki koronavirus pandemiyasi sababli kelib chiqqan global inqiroz sharoitlarida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki pandemiya tufayli O‘zbekistonga favqulodda qo‘shimcha mablag‘ ajratadi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qilmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari- investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va OIIB prezidenti Szin Litsun ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston pandemiya tufayli OTBdan 1 mlrd dollargacha mablag‘ so‘radi

Tomonlar koronavirus infeksiyasini global tarqalishi tufayli respublika oldida turgan ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni yengib o‘tish bo‘yicha hamkorlik formatini muhokama qildilar.

OIIB prezidenti mamlakat rahbariyati tomonidan aholini global pandemiyadan himoya qilish uchun qo‘llanilayotgan chora-tadbirlarni, xususan, aholini iqtisodiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini keng ko‘lamini moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston inqirozga qarshi jamg‘armasi tashkil etilganligini yuqori baholadi.

O‘z navbatida, o‘zbek tomonini murakkab iqtisodiy sharoitga qaramasdan, infratuzilmani bosqichma-bosqich rivojlantirish yo‘li bilan iqtisodiyotni barqarorlashtirish va keyinchalik mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish masalasida bankning O‘zbekistonga sezilarli ko‘mak ko‘rsatish istagi borligini bildirdi.

“Shu bilan birga, videokonferensiya davomida koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun favqulodda qo‘shimcha mablag‘ ajratishni birgalikda ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.

OIIB prezidenti so‘rovni tezkor tartibda ko‘rib chiqishga tayyorligini va OIIB O‘zbekistonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanligini tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0