Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik COVID-19 dan vafot etdi

© Sputnik / Tatyana Stolyarova / Mediabankka o‘tishNyu-York vo vremya rejima ChS
Nyu-York vo vremya rejima ChS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Nyu-York shahrida istiqomat qiluvchi ikki o‘zbekistonlik COVID-19 koronavirusi infeksiyasidan vafot etdi.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. AQShda O‘zbekiston fuqarolari orasida COVID-19 koronavirus infeksiyasidan ilk o‘lim holatlari qayd etildi. Bu haqda mamlakatning Vashingtondagi elchisixonasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, vafot etganlardan biri 51 yoshli erkak kishi, ikkinchisi esa 69 yoshdagi ayol kishidir. Ularning har ikkisi ham Nyu-York shahrida istiqomat qilgan.

Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Avstriyada O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangan

O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik muassasasi fuqarolarning qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanadadagi hamda Amerika qit’asining boshqa mamlakatlaridagi barcha fuqarolardan barcha xavfsizlik choralariga rioya qilish, mahalliy hokimiyat va shifokorlarning tavsiyalariga qat’iy rioya etish hamda uyda qolish so‘ralgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi tunu kun ishlamoqda. Barcha masalalar bo‘yicha (202) 887-5300 (ext. 1) (elchixona) va (212) 754-7403, (212) 754-6178 (bosh konsulxona) raqamlariga murojaat qilish mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh koronavirus bemorlari bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda, u yerda kasallanganlar soni 312 ming kishidan oshgan. 8503 kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0