Avstriyada O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangan

© REUTERS / DADO RUVICProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari orasida yangi turdagi koronavirusga chalingan 1 ta holat qayd etilgan.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Avstriyada O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangan. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov ma’lum qildi.

“Xorijdagi fuqarolarimiz orasida yangi turdagi koronavirusga chalingan 1 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ushbu bemor hozirda Avstriyada karantinga olingan, ahvoli yaxshi va kasallikning yengil formasi tashxisi qo‘yilgan”, - dedi u.

Lechenie patsiyentov v sentralnoy bolnitse goroda Uxan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarosi chet elda koronavirusga chalinsa kim davolaydi?

Xadjimetovning ta’kidlashicha, vaziyat O‘zbekiston elchixonasining doimiy nazoratida.

Uning bildirishicha, 25-mart holatiga ko‘ra, Qozog‘istondan 1 450 dan ortiq, Qirg‘izistondan 550 dan ortiq fuqarolarni chegaradan o‘tkazish masalasi hal qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 65 kishini tashkil etmoqda. Barcha bemorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0