O‘zbekistonda koronavirus bilan bemorlanganlar soni 240 dan oshdi

© Sputnik / Pavel Kononov / Mediabankka o‘tishSotrudnik laboratorii vipolnyayet analizi na koronavirus
Sotrudnik laboratorii vipolnyayet analizi na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 14 taga oshib, 241 nafarni tashkil etmoqda.

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 14 taga oshib, 241 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Toshkentdagi Ekspomarkazda homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi o‘z ish faoliyatini boshladi. - Sputnik O‘zbekiston
Beminnat yordam: Toshkentdagi xayriya yordam markazi qanday ishlamoqda

Sal oldin Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari og‘ir ahvolda, ekanligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda COVID-19 bilan bemorlanganlik bo‘yicha ilk holat 14-mart kuni Fransiyadan qaytib kelgan toshkentlik ayolda aniqlangan edi. Mamlakatda shu vaqtga qadar bemorlarning 25 nafari sog‘aydi, ikkitasi vafot etdi.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi -  COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. 3 aprel soat 09.30 holatiga dunyoning 204 davlatida jami 1 015 877 nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 212 992 nafari sog‘aygan, 53 217 nafari vafot etgan, 37 654 nafar bemorlar og‘ir ahvolda qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0