Ko‘ngilli yoshlardan iborat operatorlar 1197 qisqa raqami orqali yordamga muhtoj shaxslar, yordam berishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar va xayriya qilishni istovchi fuqarolar ma’lumotlarini qabul qilishni boshlagan.
Markazning birinchi kunida shaharning 11 tumanidagi 770 oilaga kundalik eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat (tovuq go‘shti, un, guruch, kartoshka, piyoz, shakar, yog‘, makaron) mahsulotlari yetkazib berilgan. Bunda 100 nafar ko‘ngillilar bevosita qatnashgan.
Markazga qo‘ng‘iroqlar ko‘payganligi va bog‘lanishda kutish hollarini oldini olish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida yana qo‘shimcha telefon apparatlari ikki baravar ko‘paytirildi va aloqa tizimi yaxshilandi.
Xayriya markazida tasvirga olingan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.