Alisher Usmonov o‘zbekistonliklarga koronavirusga qarshi vaksina olib kelishga va’da berdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOsnovatel "USM Holdings", prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya Alisher Usmanov
Osnovatel USM Holdings, prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliarder Alisher Usmonov O‘zbekiston xalqi uchun COVID-19 vaksinasini, dori vositasi qayerda topilishidan qat’iy nazar, olib kelishga va’da berdi

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Milliarder Alisher Usmanov qaysi davlatda bo‘lishidan qat’iy nazar koronavirusga qarshi vaksina topilsa, O‘zbekiston xalqi uchun olib kelishga va’da berdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev kuni kecha o‘tkazilgan yig‘ilish davomida aytib o‘tdi.

Yordam yaqinda: Toshkent muvofiqlashtiruv markazida volontorlar qanday ishlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Shoshilinch oziq-ovqat yordami: xayriya markazi faoliyati - video

Mirziyoyev Alisher Usmonovga koronavirus bilan bog‘liq qiyin sharoitda O‘zbekistonga 20 million dollar mablag‘ ajratgani uchun minnatdorlik bildirdi.

"...O‘zbekiston farzandi Alisher Burhanovichga alohida rahmat, demoqchiman. Yigirma million dollar pul o‘tkazib beraptilar. Yangi O‘zbekistonga birinchi kundan boshlab juda katta ko‘mak berib kelyaptilar, yelkadosh, madadkor bo‘lyaptilar", - deb qayd etdi O‘zbekiston rahbari.

"Qaysi davlatda (koronavirusga qarshi) dori topilsa, o‘zim pulini to‘lab, olib kelib beraman, deb aytaptilar", deb qo‘shimcha qildi Mirziyoyev

Flag OON - Sputnik O‘zbekiston
Siyosat pandemiyadan ham ustun - BMTda Rossiya taklifi bloklandi

Eslatib o‘tamiz, taniqli biznesmen va metsenat Alisher Usmonov yaqinda O‘zbekiston prezidenti harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan holda mamlakatga 20 million dollar mablag‘ ajratishini bildirdi. Pullar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Mehr-shavqat va salomatlik" jamoat fondi hisob raqamiga o‘tkazilgan. 

Bir necha kun oldin Alisher Usmonov Toshkentda o‘zini o‘zi samoizolyatsiya qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biznesmen insoniyat salomatligi uchun barcha davlatlar rahbarlari global xavfsizlik oldida birlashishlari kerakligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0