TOShKENT, 3 apr - Sputnik. O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi joriy etilganida, Rossiyada millionlab mehnat muhojirlari bo‘lgan. Ba’zilar uyga qaytishga shoshilishdi va tranzit zonalarida qolib ketishdi, boshqalari har qanday holatda ham biron ish topish umidida qolishdi. Ichki ishlar vazirligi vaziyatning murakkabligini anglab, chet el fuqarolariga mamlakatda qolishiga ruxsat berdi. Elchixonalar ko‘plarga yordam berishmoqda. Ammo kimlargadir "hamma narsa noto‘g‘ri tus oldi". Mehnat muxojirlarining qiyin holati haqida RIA Novosti materiali.
"Ko‘chada qolib ketishdan afzalroq"
"Men nima qilishni bilmayman. Pul yo‘q, ish yo‘q. Hujjatlar muddati o‘tgan. Ko‘chaga chiqsam – politsiya. Deport bosadi (deportatsiya qiladi - tahr.). Balki samolyot bo‘lib qolar?" - Farux umid bilan RIA Novosti muxbiri so‘radi.
U vataniga qaytolmay qolgan tojik muhojirlaridan biridir. Bir hafta davomida Jukovskiy aeroportida sarson bo‘ldi, u yerdan 20-mart kuni Dushanbega uchishi kerak edi. Keyin uni yuz nafar vatandoshlari bilan u yerdan aniq uchishi va’dalari bilan Domodedovoga ko‘chirib o‘tishdi. Ammo kutish yana bir yarim haftaga cho‘zildi.
U omadsizlikka uchradi. Aksariyat ayollar, qariyalar, bolalar uylariga ketishga muvaffaq bo‘ldi. Moskvada o‘zini izolyatsiya qilish rejimi joriy etilgandan so‘ng, tojik muhojirlardan aeroportni tark etish so‘raldi. Boradigan joyi yo‘q edi - ijaraga olingan uylarini tark etishgan, boshqasiga pul yo‘q edi. Farux ishlagan qurilishda ishchilar soni kamaytirildi. Birinchi navbatda Markaziy Osiyoliklarni ishdan bo‘shatdilar. Hozirda Faruxning tanishlarining uyida, o‘ziga o‘hshagan muhojirlarnikida. RIA Novostining uning hujjatlari uzaytirilishi mumkinligini bilish-bilmasligini so‘rashganda, u salbiy javob beradi.
Ozod Meliboyev o‘zbekistonlik. Rossiyada o‘n yildan ortiq. U obodonlashtirish ishchisi ham, quruvchi ham va taksi haydovchisi ham bo‘lgan. So‘nggi yillarda u poytaxt supermarketlaridan birida ishlamoqda. Chegaralar yopilib, reyslar bekor qilgach, Ozod asabiylasha boshladi.
"Men Buxoroga ketishni o‘ylayotgan edim. Ammo men atrofda vahima va qolish afzalroq ekanini angladim. Moskvada barqaror ishim ham bor. Oylik o‘rtacha bo‘lsa ham inqiroz payti uchun yomon emas. Keyin aeroportlarda vatandoshlarim bilan nima bo‘lganini ko‘rdim. Ko‘plari pulini ham qaytara olishmadi va uy-joy va ishlaridan ham mahrum bo‘lishdi. Umuman olganda, men to‘g‘ri ish qildim”, - deydi Ozod.
"RIA Novosti" ning yana bir suhbatdoshi - shuningdek o‘zbekistonlik Akbar uchun Moskva viloyati gubernatorining o‘zini izolyatsiya qilish to‘g‘risidagi qaroridan keyin deyarli hech narsa o‘zgarmadi. U faqat bo‘sh ko‘chalarga e’tiborini qaratdi. Asosiysi - registratsiya, bu Akbarda bor. Agar hozirgi ish beruvchi-quruvchi boshqa shartnoma ololmasa ham, Akbar ish topadi. Uni bunga ishonchi komil. "Hech kim meni haydab chiqarmadi, men hech qayerga ketmoqchi emasman ham, menda hammasi avvalgiday", - Akbar qandaydir muammolar haqida so‘ralayotganidan hayron qoldi.
Barcha muddatlar uzaytiriladi
19 mart kuni Ichki ishlar vazirligi chet elliklarning Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddatlarini uzaytirish tartibiga aniqlik kiritdi. Buning uchun yozma shaklda tuzilgan ariza bilan Ichki ishlar vazirligining eng yaqin hududiy idorasiga murojaat qilish kerak. Vizalar kelish maqsadidan qat’iy nazar va muddatlari o‘tgan bo‘lsa ham uzaytiriladi.
Bundan tashqari, mehnat muhojirlari yangi patent olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Hujjatlarni topshirish muddati buzilganligi uchun ular ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
Ammo ko‘plab chet ellik ishchilar qonun yangiliklarini kuzatib boradigan sharoitlarda yashamaydilar. Hozir mamlakatda qancha muhojir borligini aytish qiyin. Federal Migratsiya Xizmati RIA Novostining savoliga tezkor javob berishga qiynaldi. Ichki ishlar vazirligi, Migrantlar federatsiyasi va mutaxassislar: to‘qqiz milliondan 11 milliongacha. Ularni qonuniy va noqonuniyligini ajratish oson emas. Ikki yarim million mehnat migrantlari "qonundan tashqari" turmush kechirishadi deb hisoblanadi.
Ko‘pchilik chegaralar yopilishiga yo‘l davomda duch keldi: muhojirlar uylariga ko‘pincha tranzit bilan, avvalambor Moskva orqali ketishlariga to‘g‘ri keladi.
"Biz bir qator charter reyslarini va uchta poyezdni tashkillashtirdik", - dedi RIA Novosti agentligiga O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi matbuot kotibi Shahriyor Tursunboyev. Biroq, 30-mart kuni Toshkent aeroportlarini yopdi. "Elchixona Rossiyada qolish imkoniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtincha yoki doimiy yashash joyidan chiqib ketmaslikka va Rossiya hukumatining karantin choralariga rioya qilishga chaqirdi", - dedi matbuot kotibi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada yashashga mablag‘i bo‘lmagan 150ga yaqin odam kuniga uch mahal issiq ovqat bilan yotoqxonaga joylashtirildi. Elchixona o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya universitetlari yotoqxonalarida joylashtirishdi.
Besh yarim ming kishini Qirg‘iziston hukumatini olib ketdi. "Ammo vataniga qaytishni rejalashtirgan fuqarolarimizning hammasi ham bunga erisha olishmadi. Hozir bizning faoliyatimiz ishsiz qolganlarga yordam berishga qaratilgan. Biz ular bilan doimo aloqadamiz", - deydi RIA Novosti Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixona vakili Gulbarchin Bayimbetova.
Taxminan 50 kishi Moskva xostellarida joylashtirildi. Ko‘pchiligining yonida hech narsasi bo‘lmagan, elchixona ularga yordam berdi. "Biz fuqarolarimizni ish bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan yoki hech bo‘lmaganda vaqtinchalik daromad oladigan kompaniyalar bilan aloqada bo‘lmoqdamiz, - deya davom etadi Bayimbetova. - Biz Rossiya shaharlaridaga qirg‘iz diasporasi vakillari bilan aloqa o‘rnatmoqdamiz. Ular orasida kichik biznes vakillari va yordam berishga tayyor bo‘lgan befarq bo‘lmaganlari ham bor".
Tojikiston Respublikasining Rossiyadagi elchisi Imomuddin Sattorov, RIA Novostiga izohida, shuningdek, tojikistonlik ishbilarmonlardan vatandoshlariga ish va joylashishda yordam berishni so‘rab murojaatini eslab o‘tdi. "Biz Rossiya mintaqalari, muhojirlar ishlayotgan korxona rahbarlari bilan muzokaralar olib borayapmiz va barchasini hozirgi og‘ir sharoitda ularni ishdan bo‘shatmaslikka chaqiramiz, - dedi u. - Agar hamma narsa yopilib, Markaziy Osiyoliklar ko‘chaga haydalsa odamiylikka to‘g‘ri kelmaydiku. Ko‘plab sanoat korxonalari ishchilarsiz qoladi. Iqtisodiyot qandaydir tarzda rivojlanishi kerak".
Joylardagi meyordan oshirib yuborish
Barcha elchixonalar qayd etishadi: Ichki ishlar vazirligining Migratsiya Bosh boshqarmasi sobiq ittifoqdosh respublikalari fuqarolariga e’tibor berishi muhimdir.
Ammo joylarda vazirlikning farmoyishlari o‘ziga xos tarzda bajarilishi mumkin, deb Rossiya Migrantlar Federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov aniqlik kiritmoqda. "Bizga ijtimoiy tarmoqlarimizda uch yuzga yaqin murojaatlar va bir ming uch yuzga yaqin qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Qayerdadir yuqoridan ko‘rsatmalarga qaramay, muhojirlarni shunchaki haydab chiqarishmoqda", -deydi u.
Bunday "meyordan oshirib yuborish"ga tojikistonlik Zafarga duch keldi. "Mening ro‘yhatda turishim juma kunigacha (3 aprelgacha – tahr.). Ha, Ichki Ishlar Vazirligi veb-saytida barcha muddatlarni uzaytirish to‘g‘risida buyruq bor, - deydi u o‘z muammolarini tasvirlab. - Ammo hafta dam olish haftasi deb e’lon qilinganligi sababli Moskvaning men yashaydigan tumani ichki ishlar idoralari meni qabul qilmadilar. To‘g‘rirog‘i: meni ko‘p funksiyali markazga yuborishdi, MFSda (ko‘p funksiyali migratsion markaz – tahr.) qo‘llarini silkitib migratsiya xizmatiga qaytarishdi. Buyruk bor, lekin aslida u hech qayerda bajarilmayapti. Meni ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak bo‘lgan uy egasi, bir necha kunlab idorama-idora sarson bo‘lmaydi. Ro‘yhatga olish muddati tugagach, meni ishdan bo‘shatishadi".
"Men eski tog‘ora bilan qoldim. Men har oy patent to‘layman - 5431 rubl – unga qo‘shimcha ish beruvchidan shaxsiy daromad solig‘ini bilan Moskva budjetiga pul olib kelaman, - deb davom etadi u. - Ertaga ro‘yxatga olish tugaganligi sababli meni ishdan bo‘shatishadi. Shuningdek, men bu oyda patentni yangilashim kerak. Ro‘yxatdan o‘tish uchun patent kerak, patent olish uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Doirani ichida yugurish bu".
Shunga qaramay, hozirda mehnat muhojiri uchun eng yomoni - bu burokratik mash-mashalar emas, balki ishini yo‘qotish xavfi. O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga qaramay, chet elliklar jalb qilingan ko‘plab xizmatlar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda: uy-joy kommunal xizmatlari, oziq-ovqat do‘konlari va qurilish maydonlari. Bundan tashqari, muhojirlar ish beruvchilarni nisbatan tez-tez almashtirishga odatlanib qolishgan. "Ular band bo‘lgan hizmatlar va mexnat bozori juda katta, - deya tushuntiradi Kojenov. - Ta’mirlash ishlari tugallanadi, ammo yoz mavsumi uzoq emas. Cheklovlar olib tashlanadi va ishchilar yer chopgani, devorlarni ta’mirlagani viloyatlarga yo‘l oladi. Shuning uchun bu yerda hech qanday muammo ko‘rmayapman. Bizga hech: vay-dod, hammamizni ishdan bo‘shatishdi! – so‘zlari bilan qo‘ng‘iroq qilmayapti".
Ammo vaziyat hali ham noaniq, shuning uchun chet ellik ishchilariga asosiy maslahat: chegaraga bormang – tiqilib qolasiz, aeroportga shoshilmang - uchib ketolmaysiz, chiptalarni sotib olmang - ularni firibgarlar sotmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, pulni behuda sarf qilmang, ular sizga karantinda kerak bo‘ladi.