Moskvada koronavirusga chalinganlarga uyida davolanishga ruxsat berildi  

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVrachi skoroy meditsinskoy pomoshi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu
Vrachi skoroy meditsinskoy pomoshi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada koronavirus kasalligi yengil kechayotgan bemorlarga uyida davolanishga ruxsat berildi - Moskva sog‘liqni saqlash departamentining maxsu buyrug‘i.

TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Moskva sog‘liqni saqlash departamenti koronavirusga chalingan bemorlarga uyida davolanishga ruxsat berdi. Bu haqida Mosgorzdravning  maxsus buyrug‘i e’lon qilindi.

Agar kasallik jarayoni yengil kechayotgan bo‘lsa, bemorda uni og‘irlashtiriuvchi boshqa surunkali kasalliklar bo‘lmasa koronavirusdan uyida davolanish mumkin. Faqat yoshi 65 dan yuqori bo‘lgan, homilador yoki surunkali kasalliklarga ega bo‘lgan hamda kasallik og‘ir kechayotgan bemorlar – yuqumli kasalliklar shifonasiga yotqiziladi, - deyilgan Mosgorzdrav buyrug‘ida.

Koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlarga quyidagi dorilar tavsiya qilingan: lopinavir va ritonavir, ko‘p suyuqlik ichish, tana harorati oshganda – paratsetamol ichish tavsiya qilingan, deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra 48 soat ichida ikki marotaba olingan testlar salbiy natija ko‘rsatganda – bemor tuzalib ketgan hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Moskvada koronavirusga chalinganlar soni 290 kishini tashkil qilmoqda. Ikki nafar bemor ushbu kasallikdan vafot etgan. Ular 88 va 73 yoshli, surunkali pnevmoni kasalligiga chalingan bemorlar bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0