O‘zbekistonda OTMga kirish imtihonlari yanada soddalashtiriladi

© X. Paydoyev / Narodnoe slovoStudenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va OTMlarga o‘qishga kirish sinovlarini birlashtirish rejalashtiriloqda.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik.  O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari yanada soddalashtiriladi. Prezidentning tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qaror bilan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi va OTMlarga o‘qishga kirish sinovlarini birlashtirish rejalashtiriloqda.

Majburiy fanlar va maktab bitiruvchisi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan bo‘yicha agona test aprel – may oylarida o‘tkazish taklif etilmoqda.

Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Stipendiya, kontrakt, yozgi ta’til: vazir o‘rinbosari dolzarb savollarga javob qaytardi

Maktab bitiruvchilari majburiy uchta fan va o‘zi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan test sinovlarini topshiradi.

Test sinovlarida ishtirok etmagan yoki unda qoniqarsiz baholanganlarga belgilangan tartibda, barcha abituriyentlar qatori iyul-avgust oylarida test sinovlarida qatnashish huquqi beriladi. Natijalar o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Test sinovlari natijalari maktab bitiruvchilari umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasida hamda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tanlovida inobatga olinadi.

XTV test sinovi fanlari bo‘yicha natijasini umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestatga qo‘yish va yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun minimal ko‘rsatkichni (qoniqarlilik darajasini) belgilaydi.

Qaror loyihasi bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish va taklif bildirish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0