Siyosatshunos Vladislav Ganjara Sputnik radiosi efirida ta’kidlaganidek, yevropaliklar Qrim yerlarini sotib olishni xohlar edilar, ammo buning iloji yo‘q.
Rossiya prezidenti huzuridagi Qrimning doimiy vakolatxonasi xalqaro huquqiy masalalar bo‘yicha ishchi guruhi rahbari Aleksandr Moloxov so‘zlariga ko‘ra, Qrimda xorijiy fuqarolar va kompaniyalariga yerga egalik qilishlariga ta’qiqning yevropaliklar tomonidan tanqidga olinishida ma’no yo‘q.
"Mamlakatimiz Yevropa Ittifoqining Rossiya prezidenti farmonlarini tan olishiga muhtoj emas", - dedi u RIA Novostiga.
Moloxovning so‘zlariga ko‘ra, Qrimning katta qismida chet elliklarning yerga egalik qilishni taqiqlanishi yarim orolda ishbilarmonlik faolligini kuchaytiradi.
"Shu bilan birga, hech qanday majburiy rekvizitsiya yoki mulkni musodara qilish haqida gap bo‘lishi mumkin emas, hammasi sud orqali va oldindan va mutanosib kompensatsiya sharti bilan yuz berishi kerak", - dedi u.
Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘z farmoni bilan chet elliklar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va xorijiy yuridik shaxslar mulkiy huquq asosida yer uchastkalariga ega bo‘lolmaydigan chegara hududlari ro‘yxatini kengaytirgan. Unga Qrim Respublikasining 11 tumani va sakkiz shahri, shuningdek Sevastopolning munitsipal bo‘limlari qo‘shildi.
Yevropa Ittifoqi buni "xalqaro gumanitar qonunlarning buzilishi" deb atadi va "ushbu farmonni tan olmasligini" bildirdi. Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirligining bayonotida aytilishicha, ushbu hujjat yarimorolni Rossiyaga majburiy integratsiyasiga yana bir urinishdir.
Qrim uchun YeIning bu bahosi ahamiyatga ega emas, deb ta’kidlaydi siyosatshunos Vladislav Ganjara Sputnik radiosi efirida.
"Qrimda chet elliklarga yerga egalik qilishni taqiqlash Yevropa Ittifoqi, Ukraina va AQShda salbiy munosabat bilan keskin reaksiyani qo‘zg‘atdi. Bu reaksiya shaxsan meni hayratda qoldiradi, chunki bu taqiq nafaqat Qrimda amal qiladi, agar Rossiya Federatsiyasi haqida gapiradigan bo‘lsak, balki ko‘p boshqa davlatlarda ham amal qiladi va bu xalqaro huquqqa mos keladi. Bu vaziyatda farmon Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining manfaatlarini va bizning milliy farovonligimiz uchun muhim bo‘lgan yer resurslarni himoya qilishga qaratilgan. Men ushbu bayonotlarni Rossiyaning ichki ishlariga aralashishning navbatdagi urinishi sifatida ko‘raman. Bu baholar hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi", - dedi Vladislav Ganjara.
Uning eslatishicha, Ukraina parlamenti yerlarni chet elliklarga sotishga ruxsat bergan va yevropaliklar bundan Qrimdagi ukrainaliklarga tegishli yerlarni egallab olishda foydalanishini tahmin qilgan.
"Koronavirus pandemiyasi sharoitida Ukraina deputatlari Ukrainada yerlarni erkin sotishni ruhsat beruvchi qonunni qabul qildilar. Bu Ukraina xalqiga tegishli yagona manba bo‘lib turgan edi va moratoriy tufayli uning xavfsizligi ta’minlangan edi. Shundan so‘ng, biz tushunamizki, Ukraina eng oxirgisini yo‘qotadi. Va Yevropa mamlakatlari va kompaniyalari Qrimda Ukraina fuqarolariga tegishli bo‘lgan yerlarga ham egalik qilishni istashadi. Ammo bu hech qanday sharoitda amalga oshmaydi”, - dedi Vladislav Ganjara.