Pompeo Ukrainaga safari chog‘ida Qrim maqomi haqida nima degani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishSvato-Uspenskiy mujskoy monastir v Baxchisarayskom rayone v Krimu.
Svato-Uspenskiy mujskoy monastir v Baxchisarayskom rayone v Krimu. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maykl Pompeo yopiq yig‘ilishda "Qrim yo‘qotildi. Dunyo o‘yinchilari buni tushunishmoqda. Ukraina Qrimni berib qo‘ydi va Rossiya biron narsasini oldirib qo‘yadiganlardan emas", - deb aytgan.

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Qrimni Ukraina uchun yo‘qotilgan deb aytdi, deb xabar beradi RIA Novosti "Novoe vremya" portaliga tayangan holda.

Pamatnik arxitekturi i istorii Lastochkino gnezdo v poselke Gaspra v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Amerikalik sobiq diplomat AQShni Qrim Rossiyaniki deb tan olishga chaqirdi

Portalga ko‘ra, Davlat departamenti rahbari bilan uchrashuv chog‘ida qrim-tatar faoli Emina Japarova Pompeoni yarimorolni AQSh tashqi siyosati e’tiborida tutishga chaqirgan. Ayol, shuningdek, Pompeodan Vashingtonda Qrim bo‘yicha konferensiyani tashkil qilishga yordam berishini so‘ragan.

Manbalarning ta’kidlashicha, Davlat kotibining yuz ifodasidan bilish mumkin edi-ki, uning yarim orol bo‘yicha anjuman o‘tkazishdan ko‘ra, boshqa ustuvor masalalari bor edi.

O‘zbekiston Qrim harbiylashuvi haqidagi BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlamadi >>>

"Qrim yo‘qotildi. Dunyo o‘yinchilari buni tushunishmoqda. Ukraina Qrimni berib qo‘ydi va Rossiya undan biror narsani olib qo‘yish mumkin bo‘lganlardan emas", - deya Pompeo so‘zlarini keltiradi portal yopiq yig‘ilish ishtirokchisiga tayangan holda.

Rossiyskie jurnalisti vpervie proyexali na poyezde po Krimskomu mostu - Sputnik O‘zbekiston
Birinchisi ketdi: Qrim ko‘prigida poyezd yo‘li ishga tushirildi – video

Yanvar oyi oxirida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari bo‘ylab turnesi doirasida Ukrainada bo‘ldi. Kiyevda amerikalik diplomat Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, shuningdek, tashqi ishlar vazirlari va mudofaa vazirlari bilan uchrashdi.

Yevropa va Amerika aholisining uchdan bir qismi Qrim Rossiyaga tegishli, deb hisoblaydi >>>

2014 yil mart oyida Ukrainadagi to‘ntarishdan keyin o‘tkazilgan referendum natijasida Qrim Rossiya hududiga aylandi. Rossiya bilan birlashish uchun Qrim Respublikasidagi saylovchilarning 96,77 ?i va Sevastopol aholisining 95,6 %i ovoz berdi. Moskva yarimorol aholisi xalqaro huquq va BMT nizomiga to‘la mos ravishda Rossiyaga demokratik yo‘l bilan qaytishga qaror qilganliklarini bir necha bor ta’kidlagan. Vladimir Putinga ko‘ra, Qrim masalasi butunlay yopilgan.

Yangiliklar lentasi
0