TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Afg‘oniston hukumati va “Tolibon*” radikal harakati vakillari asirlarning birinchi qismi bilan 2-aprel kuni almashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tolo News telekanali xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, 100 nafar toliblar jangarilari asirida bo‘lgan 20 nafar mamlakat harbiylari evaziga ozod qilinadi.
Ushbu jarayonni nazorat qilish 31-martkuni Kobulga uch kishidan iborat “Tolibon*” delegatsiyasi kelgan.
Avvaliga asirlar bilan almashish 2 kun ilgari boshlanishi kutilayotgan edi, biroq tomonlarga jarayonning barcha tafsilotlarini muvofiqlashtirish uchun vaqt kerak bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va “Tolibon”* radikal harakati 29-fevral kuni Qatarda tinchlik bitimini imzoladi. Bitim Afg‘onistondan amerika qo‘shinlari chiqarilishini hamda afg‘onlararo muloqot boshlanganligini nazarda tutadi.
Shuningdek, Kobul 5 ming nafargacha mahbus toliblarni, toliblar esa ming nafargacha afg‘on harbiylarini ozod qilishi kerak.
* Rossiyada va boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.